08:47 / 01.12.2015
1934

Bravo La liganing o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi darvozabon bo‘ldi

Ispaniya chempionatida o‘tgan mavsum bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar nomi ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, "Barselona" jamoasining chililik darvozaboni Klaudio Bravo 2014-2015 yillar mavsumidagi eng yaxshi darvozabon sifatida qayd etildi.

O‘tgan mavsumda "Barselona" bilan chempionlikka erishgan Bravo jamoa safida 37 marta maydonga tushgan va 19ta gol o‘tkazgan va 130ta seyv amalga oshirgan. U 23ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan.

Top