21:46 / 01.12.2015
4269

Fransiya IShIDning Iroqdagi pozitsiyalariga aviazarbalar berdi

Fransiya harbiy-havo kuchlari IShIDning Iroqdagi pozitsiyalariga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiyada 15 ta harbiy samolyot ishtirok etgan. Ta'kidlanishicha, aviazarbalar oqibatida jangarilarning portlovchi qurilmalar ombori yo‘q qilingan.

Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius IShID jangarilariga qarshi kurashda yer usti kuchlaridan foydalanish zarurligini aytgan edi.

Top