17:39 / 01.12.2015
5325

Germaniya Rossiyaga nemis havo kuchlarining Suriya hududidagi parvoz yo‘nalishlari haqida ma'lumot bermaydi

Germaniya Rossiyaga nemis harbiy havo kuchlarining Suriya hududida amalga oshiradigan operatsiyalari yo‘nalishini bermaydi, deya xabar bermoqda N24 telekanali.

Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi rahbari Usrula fon der Lyayyen ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya hukumati Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi kurashda nemis qurolli kuchlarining ishtirok etishiga ruxsat bergandi. Germaniya operatsiyalar vaqtida 1,2 ming nafar harbiy xizmatchilardan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Top