Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 1 dekabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
Hafta oxirida O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin>>
O‘zbekiston hududida hafta oxirida issiq kunlar yakunlanishi kutilmoqda.
Sirg‘ali avtomobil bozoridagi narxlar (2015 yil 29 noyabr)>>
«Carzone.Uz» sayti 29 noyabr holatiga ko‘ra, Toshkentning Sirg‘ali bozorida sotilayotgan milliy va xorij avtomobillari narxlarini e'lon qildi.
Beeline Va4ach tezkor milliy messenjerni ishga tushirmoqda>>
O‘zbekiston aloqa operatori Beeline Va4ach eng yangi mobil ilovasining ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
Beeline o‘z tarmog‘ida Quyosh quvvatini ishlatmoqda>>
O‘zbekiston aloqa operatori Beeline mavjud baza stansiyalarining tarmoqlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlanishi va elektr quvvatini tejash maqsadida quyosh batareyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihaning ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
O‘zbekistonda yonar buloq topildi>>
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Machay qishlog‘ida yonar buloq topildi.
Klarkson Amazon’ning yangi dronlarini taqdim qildi>>
Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson YouTube’dagi reklama roligida Amazon internet-do‘konining yangi dronlarini namoyish qildi.
Gangnam Style ijrochisining yangi klipi oxirgi 10 soat ichida 1 mln martadan ko‘p ko‘rildi>>
Janubiy koreyalik xonanda Psy ning YouTube dagi rasmiy kanalida Daddy deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip paydo bo‘ldi.
AQShda kim oshdi savdosida "arvoh shahar" 250 ming dollarga sotuvga qo‘yildi>>
AQShning Suett shaharchasi qoldiqlari (Janubiy Dakota shtati) kim oshdi savdosi orqali sotiladi.
Ostonada zirhlangan g‘ildirakli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochildi>>
30 noyabr kuni Qozog‘istonda zirhlangan g‘ildirakli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavodning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
WhatsApp messenjeri Telegram ilovasidan kelgan giperhavolalarni bloklashni boshladi>>
WhatsApp messenjeri o‘zining raqobatchi servisi Telegram ilovasidan kelgan giperhavolalarni bloklashni boshladi.