09:35 / 01.12.2015
2865

Moskva kutubxonasidagi turk markazi yopildi

Moskva xorijiy adabiyot kutubxonasida joylashgan Rossiya-Turkiya ilmiy markazi yopildi.
“Afsuski, biz markazning yopilganini xabar qilishga majburmiz, Moskva xorijiy adabiyot kutubxonasi qoshidagi Rossiya-Turkiya ilmiy markazi ortiq mavjud emas.

Usmonli tili kurslari to‘xtatiladi, aspirant va magistrantlarga yordam ko‘rsata olmaymiz. Tabiiyki, barcha rejalashtirilgan davra suhbatlari, ma'ruza va konferensiyalar bekor qilinadi, bizning kutubxona jamg‘armamizdan ham ortiq foydalanib bo‘lmaydi”, - deyiladi markazning xabarnomasida.

Markazning sobiq xodimlari bo‘layotgan voqealarning sabablarini bilmasliklarini tushuntirishdi. Shunga qaramay, OAVda bunga ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Top