11:38 / 01.12.2015
2549

Neymarning otasi o‘z o‘g‘li "Barselona" bilan shartnomasini yangilashiga ishonch bildirdi

"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymarning otasi jamoa muxlislariga o‘z o‘g‘lining Kataloniyada qolishi masalasida xotirjam bo‘lishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

"Xotiringiz jam bo‘lsin, o‘g‘lim "Barselona" bilan shartnomani uzaytiradi. Biz shoshilmayapmiz, sababi amaldagi shartnomaning tugashiga hali 3 yil vaqt bor", — deydi Neymarning otasi Marca nashriga.

Avvalroq "Real" prezidenti Florentino Peres Neymarga katta maosh taklif qilib, uni Madridga taklif qilish rejasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar tarqalgandi. "Barselona" hujumchiga 15 mln yevro maosh bilan 2021 yilgacha bo‘lgan yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Top