21:10 / 01.12.2015
3456

OAV: Istanbuldagi metro yaqinida portlash yuz berdi, 1 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahridagi metroning Bayramposho stansiyasi yaqinida, yerosti o‘tish yo‘lida portlash yuz bergan. Bu haqda mahalliy OAVlarda xabar qilingan.

Ayni vaqtda voqea joyida ko‘p miqdordagi tez yordam mashinalari va o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan.

Haberturk xabariga ko‘ra, portlash tufayli bir kishi halok bo‘lgan va bir kishi jarohatlangan.

Metroda poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Portlash sabablari aniq emas.

Dastlabki tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, politsiyachilar portlash transformatorda yuzaga kelganini aytishgan.

Top