11:42 / 01.12.2015
3292

Pekinda BRIKSning 1-mediasammiti ochildi

Pekinda BRIKSning 1-mediasammiti ochildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Sammitda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR OAVining o‘zaro aloqalarini kuchaytirish, terrorchilikka, iqtisodiy inqirozga va boshqa tahdidlarga qarshi turish singari masalalar muhokama qilinadi.

Tadbirda tilga olingan davlatlarning eng yirik telekompaniyalari, axborot agentliklari, gazeta va axborot portallarining rahbarlari ishtirok etmoqda. Tadbir ishtirokchilari bilan XKP MK Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a'zosi Lyu Yunshan ishtirok etdi.

Top