08:50 / 01.12.2015
6886

Pentagonda Su-24 samolyotlarining “havo-havo” raketalari bilan jihozlanishi vaziyatni yanada murakkablashtirishi aytilmoqda

Pentagon vakili Mishel Baldansa Rossiyaning Suriyadagi Su-24 bombardimonchi samolyotlarining “havo-havo” raketalari bilan jihozlanishi Suriyadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishini aytmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizda bunday ma'lumotlar bor. Men avval aytganimdek, bunday tizimlar Suriya osmonidagi shundoq ham murakkab vaziyatni yanada murakkablashtiradi va havo kuchlariga ega bo‘lmagan IShIDga qarshi kurashda ulardan foydalanishga hojat yo‘q”, deb aytdi Baldansa.

Baldansa AQSh Rossiyadan parvozlar xavfsizligi bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumi bajarilishini kutib qolishini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Pentagonda Moskva xalqaro koalitsiya samolyotlariga qarshi raketalar yo‘naltirmasligiga umid bildirishmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Su-34 samolyotlari Suriyada birinchi marta “havo-havo” raketalari bilan havoga ko‘tarilgani ma'lum qilingandi.

Top