21:31 / 01.12.2015
4018

Peugeot, Citroen va Toyota birgalikda miniven yaratdi

Fransiyaning PSA Peugeot Citroen guruhi Toyota kompaniyasi bilan birgalikda barcha uchta marka uchun yagona platformada qurilgan minivenni yaratdi. “Sitroyen” versiyasida bu model Spacetourer, “Pejo”da Traveller va “Toyota”da Proace deb nomlanadi.

Modelning texnik ko‘rsatkichlari aytilmagan, ular model ommaviy tarzda namoyish qilinishi oldidan paydo bo‘ladi. Barcha uchta model Fransiyaning Valansen shahridagi PSA Peugeot Citroen zavodida ishlab chiqariladi.

PSA Peugeot Citroen va “Toyota” o‘rtasidagi hamkorlik haqidagi kelishuv 2012 yilda tuzilgan va 2020 yilgacha amal qiladi. Bu hamkorlik natijasida paydo bo‘lgan birgalikdagi model 2013 yilda ishlab chiqarila boshlagan birinchi avloddagi Toyota Proace furgoni bo‘lgan. Bu avtomobil Citroen Jumpy va Peugeot Expert platformasida qurilgan.

Hozirda ikkinchi avloddagi Proace yaratildi, unda shassi o‘zgartirildi.

Birinchi avloddagi Toyota Proace, Citroen Jumpy va Peugeot Expert modellari dvigatellar qatoriga 140 ot kuchiga ega benzinli, 89 ot kuchiga ega 1,6 litrli hamda modifikatsiyasiga ko‘ra 120, 136 va 163 ot kuchiga ega 2 litrli dizelli motorlar kiradi.

Toyota Proace, Citroen Spacetourer va Peugeot Traveller modellarining ommaviy namoyishi 2016 yil mart oyida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Savdolar ham 2016 yilda boshlanadi, biroq hozircha aniq sana aytilmagan.

Top