14:23 / 01.12.2015
3534

Qirg‘izistonda tabiiy gaz narxi oshdi

Dollar kursining keskin ko‘tarilishi munosabati bilan Qirg‘izistonda tabiiy gaz narxi yana oshdi. Bu haqda “Gazprom Qirg‘iziston” MChJ rasmiylari xabar berdi.

Aytilishicha, yoqilg‘i-energetika kompleksini nazorat qilish bo‘yicha davlat agentligining buyruqlariga muvofiq kompaniya har oy tariflarni somning dollarga kursiga muvofiq qayta hisoblab chiqishi zarur bo‘ladi.
Kurs milliy bank tomonidan har oyning birinchi kuni o‘rnatiladi.

Top