12:39 / 01.12.2015
4517

Qozog‘istonda Birinchi prezident kuni nishonlanmoqda

Bugun, 1 dekabr kuni, Qozog‘istonda Birinchi prezident kuni nishonlanmoqda. Bu haqda mahalliy matbuot yozmoqda.

Aytilishicha, bayram “birinchi prezidentning respublika va butun xalq oldidagi mislsiz xizmatlarini qayd etish va tan olish” maqsadida ta'sis qilingan.
1991 yilning 1 dekabr kuni Nazarboyev umumxalq saylovida Qozoq SSR prezidenti etib saylangan edi.

Oradan ikki haftacha o‘tib, 16 dekabr kuni Qozog‘istonning mustaqilligi e'lon qilindi. 2011 yil 14 dekabrdagi “Qozog‘iston Respublikasi bayramlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun asosida har yilning 1 dekabr kuni Birinchi prezident kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

Top