18:17 / 01.12.2015
2068

Samsung mobil bo‘linma rahbarini o‘zgartirdi

Samsung Electronics Co. mobil bo‘linma rahbari Chen-Kyun Shin hamda prezident o‘rinbosarlaridan biri operativ boshqarishdan chetlashtirilishini, ammo o‘z mansablarini saqlab qolishini ma'lum qildi.

Kompaniya vakillarining tushuntiricha, rahbarlarning almashtirilishi yillik an'anaviy boshqaruv kadrlarini almashtirish jarayoni doirasida amalga oshirilmoqda.
The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, mobil bo‘linma rahbariga Dong-Jin Ko aylanadi. U Tizen operatsion tizimi hamda Samsung Pay to‘lov tizimi ishlanmalariga kuratorlik qilgan.

Top