19:42 / 01.12.2015
6277

Shimoliy Koreya o‘zini OITSdan ozod hudud deb e'lon qildi

Shimoliy Koreya o‘zini OITSdan ozod hudud deb e'lon qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning “Minchju Choson” gazetasi 1 dekabrda mamlakatda “eng a'lo darajadagi sog‘liqni saqlash tizimi mavjudligi va xalq siyosati yuritilgani” bois birorta ham OITS bilan kasallangan odam aniqlanmagani ta'kidlangan maqolani chop etdi.

“Bizning respublika kelgusida ham OITSning oldini olish bo‘yicha sanitar ishlar ustidan nazoratni kuchaytiradi hamda odamlarning taqdiri va sog‘lig‘ini qo‘riqlaydi”, deb aytilmoqda maqolada.

Koreya Markaziy telegraf agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 dekabrda Pxenyandagi Xalq san'at saroyida 1 dekabr dunyoda OITSga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanishi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda boshqa davlatlardagi OIV-infeksiya bilan bog‘liq vaziyat haqidagi ma'ruza tinglandi va poytaxtning Soson tumani Xalq shifoxonasi jamoasining targ‘ibot chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Top