13:27 / 01.12.2015
5903

Tojikistonda valyuta ayirboshlash shoxobchalarining faoliyati taqiqlandi

Tojikistonda barcha valyuta ayirboshlash punktlari yopiladi, ayirboshlash bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni bank xizmat ko‘rsatish markazlari, moliyaviy muassasalar filiallari va kredit tashkilotlarining asosiy ofislarida amalga oshirish talab qilinadi. Bu haqda respublika milliy banki xabariga tayangan holda Interfaks agentligi yozmoqda.

Aytilishicha, bu choralar “Chet el valyutasi bilan valyuta operatsiyalari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 211-raqamli ko‘rsatma asosida amalga oshirilmoqda. Endi ayirboshlash amaliyoti faqat ko‘rsatilgan joylarda olib boriladi. Boshqa joylardagi ayirboshlash noqonuniy hisoblanib, javobgarlikka ham sotuvchi, ham sotib oluvchi tortiladi.

Top