09:16 / 01.12.2015
7655

Washington Post: AQSh Ukrainaga yetkazgan qurol “temir-taqa”dan iborat

AQSh tomonidan Ukrainaga yetkazilgan qurol-yarog‘ning bir qismi mutlaqo ishga yaroqsiz bo‘lib, “temir-taqa”dan boshqa narsa emas. Bu haqda Washington Post nashri yozmoqda.

Xususan, Ukraina maxsus qismlariga 1980-1990 yillarda chiqarilgan 100 dona Hummer yo‘ltanlamaslari yetkazilgan bo‘lib, ularning zirhli himoyasi yo‘q, oyna va eshiklari esa plastikdan yasalgan. Bir necha km masofa bosgandan so‘ng mashinalarning qopqoqlari ishdan chiqib, chetga qo‘yib qo‘yildi.

Bundaylarni almashtirish uchun har bir mashinaga ming dollar ajratish lozim, bu pulga esa Ukrainada eski yo‘ltanlamas xarid qilsa bo‘ladi.
Bundan tashqari, Pentagon Kiyevga 2000 yillarda AQSh armiyasida iste'moldan chiqarilgan 120 dona zirhli nimchalar yetkazib bergan.
Nashrda ta'kidlanishicha, bunday qurol-yarog‘ askarlarning ruhiyatini tushirib yuborgan.

Top