18:24 / 01.12.2015
5674

Xuzhou Construction Machinery Group “Urganch ekskavator zavodi”ning 44,4 foizlik ulushini sotib olmoqda

Toshkentda 5-6 noyabrda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forum doirasida o‘tgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Group (XCMG) kompaniyasi o‘rtasidagi anjumanda tomonlar o‘rtasida “Urganch ekskavator zavodi” AJning 44,4 foizlik aksiyasini sotib olish haqida o‘zaro hamfikrlik memorandumi imzolandi. Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” mutaxassislari va xitoylik investorlar o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Urganchda 2014 yilning may oyida UzXCMG O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ishga tushirilgani ma'lum qilingandi. Bu korxona gidravlik ekskavatorlar va qurilish texnikasi ishlab chiqarishga va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Yangi korxona “Urganch ekskavator zavodi” negizida yaratilgan. Markaziy Osiyoda ekskavator ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblangan zavodga 1974 yilda asos solingan. Korxona meliorativ ishlarda ishlatiladigan trosli ekskavatorlar, kultivator va turli metall konstruksiyalar ishlab chiqaradi.

Top