20:10 / 01.12.2015
4943

Yaponiyalik fiziklar qo‘llar bilan tegish mumkin bo‘lgan gologrammalar yaratishdi

Yaponiyalik olimlar o‘ta tez lazerlardan tom ma'noda qo‘llar bilan tegish va tegish bilan ularning xatti-harakatlari yoki kompyuter ishini boshqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan golografik tasvirlar yaratishni o‘rganib oldilar. Bu haqda Kornello universitetining elektron kutubxonasida joylashtirilgan maqolada aytilmoqda.

“Biz tasvir yoki videokadrlarga tega olmaymiz va hattoki siz uni proyektsion ekranga chiqarsangiz ham, ular bilan o‘zaro ta'sirlasha olmaysiz. Va shuning uchun agar, misol uchun, uch o‘lchamli tasvirni chiqara olsak va ularga tegishni yo‘lga qo‘ya olsak, unda aslida yo‘q narsaning stolda turgani illyuziyasini yaratishimiz mumkin”, deb aytdi Tsukuba (Yaponiya) universiteti olimi Yoiti Otiay.

Otiay va uning hamkasblari bu orzuni haqiqatga aylantira oldilar hamda uch o‘lchamli gologrammalarni impulsi odam barmoqlari va tasvirni bosuvchi yoki ushlovchi boshqa buyumlarga javob bera oladigan o‘ta tez femtosoniyalik lazerlar yordamida havoda yaratishni o‘rganib oldilar.

Uning yaratuvchilari “parilar olovi” deb nomlagan bu kelajak texnologiyasi qisqa, biroq kuchli lazer chaqnoqlari gologramma hosil bo‘luvchi joyda plazmaning kichik bulutchalarini hosil qiladi va yot jismlar – barmoqlar yoki buyumlar bilan o‘zaro ta'sirlashuvni uning shakli o‘zgarishi bo‘yicha kuzatish mumkin.

Lazerning qisqa impulslari bunday tegishlarni barmoqlar uchun xavfsiz qiladi, biroq yaponiyalik fizik tasvirni shu tarzda odam ko‘zi oldida chiqarmaslikni maslahat beradi. Bu jarayonda bitta kamchilik plazmani hosil qilishda paydo bo‘luvchi sezilarli shovqin hisoblanadi.

Olimlarning fikricha, ular yaratgan texnologiya turli maqsadlarda – havo displeylari yaratish, ma'lumotni qo‘lga va tananing boshqa a'zolariga chiqarish, teatr va konsert zallari sahnalarida dekoratsiyalarni yaratish, tibbiy vizuallashtirish va ma'lum jarrohlik asboblar bilan bilvosita manipulyatsiya qilishda foydalanish mumkin.

Bu texnologiyadan foydalanishning murakkabroq variantlari sifatida stol va boshqa istalgan narsa ustiga chiqariluvchi virtual klaviatura, shuningdek, Yerning boshqa nuqtasidagi suhbatdoshini ushlab ko‘rish imkonini beruvchi “4 o‘lchamli” chat tizimini yaratishni keltirish mumkin.

Top