11:28 / 02.12.2015
2167

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Belarusga yig‘in o‘tkazish uchun yetib bordi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 3 kun mashg‘ulot o‘tkazgach, bugun, 2 dekabrda Belarus davlatiga uchib bordi. Bu haqda O‘zbekiston FF matbuot xizmati xabar bergan.

U yerda Belarus terma jamoasi bilan 2-3 dekabr kunlarida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. 4 dekabrda terma jamoa Minskdan Moskva orqali Dohaga uchadi. 5-10 dekabr kunlari Qatarda yig‘in va Qatar termasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda.

Belarus va Qatarga boradigan delegatsiya tarkibi quyidagicha.

Murabbiy: Xose Mariya Mendez
Menejyer: Rustam Tolibjonov
Murabbiy: Bahodir Ahmedov
Tarjimon: Nodir Yusufjonov
Shifokor: Sunnatullo Yo‘lchiyev
Futzalchilar: Rustam Umarov, Klim Tyugayev, Dilshod Irsaliyev, Javlon Anorov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Konstantin Sviridov, Andrey Shlema, Ilhom Hamroyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Jamoliddin Sharipov, Sunnat Kuralov, Davron Abdurahmonov.

Top