16:51 / 02.12.2015
8697

Gretsiya mudofaa vaziri: Rossiya samolyoti Suriya ustida urib tushirildi

Rossiyaning Su-24 bombalovchi samolyoti Turkiya tomonidan Suriya osmonida bo‘lganida urib tushirilgan, aks holda NATO o‘z yo‘riqnomasining 5-moddasini ishga solar edi. Bu haqda Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos Mega telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bu fakt Turkiya tomonidan tan olinadi, agar bunday bo‘lmaganida, u NATOdan yo‘riqnomasining 5-moddasidan foydalanishni so‘rar edi”, - dedi Kammenos.
Uning so‘zlariga qaraganda, Su-24 ataylab urib tushirilganmi yoki tasodifanmi – bu haqda ishonch bilan gapirishga jur'at qila olmaydi.
“Samolyotni urib tushirish haqidagi qarorni joylardagi qo‘mondonlik qabul qiladi”, - tushuntirdi u.

Top