16:25 / 02.12.2015
4918

Kreml aksilrus va aksilturk sanksiyalari o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi

Kreml rasmiylari G‘arb tomonidan Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlar Moskvaning Turkiyaga nisbatan e'lon qilgan sanksiyalaridan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berishdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov matbuot anjumani chog‘ida Turkiyaga qarshi choralarni terrorchilik xavfi bilan tushuntirdi.

“Ular ko‘p jihatdan ogohlantiruvchi xarakterga ega bo‘lib, terrorchilik xavfining oshishi bilan bog‘liqdir. Va bu bilan ular Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sankiyalardan farqlanadi”, - dedi matbuot kotibi.

Top