21:15 / 02.12.2015
3129

Merkel: Germaniya yaxshi hayot ilinjida kelayotgan afg‘onlarni qabul qilmaydi

Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyaga yaxshi iqtisodiy sharoitlarni olish uchun kelayotgan afg‘onlar ortiga, ya'ni Afg‘onistonga yuborilishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.  

Merkel bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy bilan Berlinda birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytdi. Uning aytishicha, Germaniya nemis armiyasi kabi xorijiy kuchlarga ishlagani uchun jiddiy xavfda qolayotgan afg‘onlar oldidagi gumanitar majburiyatlarini bajaradi.  

“Biroq qochqinlar yaxshi hayot ilinjida kelganda va men bu umid ularning ko‘pchiligi uchun ulkan ekanligini bilaman, unda ularga boshpana yoki turar-joy olish uchun maqom berishga sabab yo‘q”, deb aytdi Merkel va bunday vaziyatlarda ular mamlakatdan chiqarilib yuborilishini aytdi.

Avvalroq Kobul Germaniyadan deportatsiya qilingan barcha afg‘onlarni yana qabul qilib olishini aytgan edi.

Top