09:44 / 02.12.2015
1798

Nyu-Jyersidagi maktab avtobusining avtohalokatga uchrashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

AQShning Nyu-Jyersi shtati, Sautgempton shahrida maktab avtobusining yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida yengil avtomobildagi ikki nafar kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Courier-Post.

Avtobusda ayollar suzish jamoasining 20 nafar a'zosi, haydovchi va ikki murabbiy bo‘lgan.
Politsiya departamentining ma'lum qilishicha, Volkswagen Passat mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘lgan, avtobusdagi to‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizilgan.
To‘qnashuv sabablari o‘rganilmoqda, shu bois ko‘cha yopib qo‘yilgan.

Top