14:35 / 02.12.2015
3226

Pokistonda maktabga hujum qilganlikda ayblangan 4 jinoyatchi osib o‘ldirildi

Pokiston harbiy sudi tomonidan 2014 yili Peshovardagi maktablardan biriga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan 4 nafar sudlanuvchi osib o‘ldirish orqali qatl qilindi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qatl haqida rasmiy xabar tarqatilmadi, ammo bu ma'lumotni agentlikning mamlakat penitentsiar muassasalaridagi manbalari tasdiqladi.
Qatl qilinganlar “Tolibon” harakatining mahalliy yacheykasi a'zolari bo‘lgan.

2014 yil dekabrida jangarilar maktabga hujum uyushtirgan, buning oqibatidla 140 kishi o‘ldirilgan edi. Ularning ko‘pchiligi bolalar edi.

Top