12:07 / 02.12.2015
8445

Qirg‘iziston to‘ylarida oltin yombi sovg‘a qilish urf bo‘lmoqda

Qirg‘iziston milliy banki 57 kg oltin yombi sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda milliy bank raisi To‘lqunbek Abdig‘ulov ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda bu iqtisodiyot dollarizatsiyasini kamaytirish ishida juda qo‘l kelishi mumkin.

“Masalan, hozir hatto to‘ylarda ham oltin yombilari sovg‘a qilishni boshlashdi”, - qo‘shimcha qildi Abdig‘ulov.
Qirg‘iziston telegraf agentligining ma'lumot berishicha, yombining eng kichigi 1 gr, eng kattasi esa 100 gr tosh bosadi.

Top