22:39 / 02.12.2015
20445

Rashid Xoliqov BMT Bosh kotibining yordamchisi sifatida tayinlandi

27 noyabr kuni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiya Federatsiyasi vakili, diplomat Rashid Xoliqovni o‘zining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi sifatida tayinlagan. Ayni vaqtda Xoliqov BMTning insonparvarlik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi boshqarmasining Jyenevadagi ofisiga rahbarlik qilmoqda. Bu haqda BMT Radiosi xabar qilgan.

Ma'lumot uchun, Rashid Xoliqov 1993 yildan BMT tizimida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. U o‘tgan 22 yil davomida dunyoning o‘nlab turli mamlakatlarida ishlagan. Xususan, 2004 yildagi to‘fondan keyin Janubiy Osiyo mintaqasida insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish bo‘yicha koordinator sifatida ishlagan, keyinroq Liviya, Pokiston, Shimoliy Koreya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon hamda Suriyada ham turli ishlarni bajargan.

Top