21:32 / 02.12.2015
4688

Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning avtosisternalarini yo‘q qilganini qayd etmagan

Rossiya Bosh shtabining bosh boshqarmasi rahbari Sergey Rudskiyning brifing vaqtida ma'lum qilishicha, rossiyalik harbiylar AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriya hududida IShIDning neft tashuvchi transportlarini yo‘q qilish amaliyotlarini o‘tkazganini tasdiqlay olmaydi.

Uning aniqlik kiritishicha, rossiyaliklar razvedkasi Suriya va Iroq chegarasida hamda Iroqning Turkiyaga yaqin hududlarida neft tashuvchi transport vositalari harakatini qayd etgan.

"Ularni payqash qiyin. Lekin jangarilarning avtosisternalari kolonnasiga hujum qilingani holati kuzatilmagan. Sezganimiz bu hududlarda dronlar soni 3 barobarga ortganidir", degan u.

Bundan oldinroq, Rudskiy IShID kuniga 200 ming barrelgacha neft tashish imkoniga egaligini aytib o‘tgandi.

Top