21:08 / 02.12.2015
12590

Rossiya Mudofaa vazirligi: Erdo‘g‘anning yuzi neftga belangan bo‘lsa ham, ayblovlarni tan olmaydi

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan bildirilishicha, Turkiya rahbari Rajab Toyib o‘z mamlakati Erdo‘g‘an IShIDdan neft sotib olayotgani haqidagi xabarlarni hech qachon tan olmaydi.

"Biz Erdo‘g‘anning so‘zi bahosini bilamiz. Uni bir marta turk jurnalistlari fosh etishgan. Jurnalistlar Turkiya Suriyaga insonparvarlik yordami bahonasida qurollar ham yuborayotganini aniqlashgan. Buning uchun ularni qamashdi. U albatta iste'foga chiqmaydi. Chunki, unga qancha isbotlansa ham, buni tan olmaydi", degan Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov.

Uning aniqlik kiritishicha, Erdo‘g‘anning iste'foga chiqish-chiqmasligi Rossiya uchun u qadar ahamiyatli emas, bu turkiyaliklarning o‘z ishidir.

"Rossiyaning maqsadi terrorchilikning moliyalashtirilishini to‘xtatish hisoblanadi", deydi Antonov «Gazeta.Ru» nashriga.

Top