00:26 / 02.12.2015
3161

Samsung iPod ilovasiga moslashuvchan smartfonga patent oldi

Samsung kompaniyasi ikkiga yig‘iladigan moslashuvchan mobil qurilma uchun patentni rasmiylashtirdi, deb xabar bermoqda 9to5mac.

Gadjyetning dastlabki tarxiga nazar tashlansa, unda ilovaning emblemasini payqash mumkin. Unda raqobatchi kompaniya bo‘lmish Apple ning iPod mediapleyeri simvoli tushirilgan.

Janubiy Koreya tomonidan 2014 yilning may oyida AQShning patent byurosidan ro‘yxatdan o‘tgan hujjat yaqinda patentlashtirildi.

2015 yilning sentabr oyida Apple kompaniyasi Samsung Electronics kompaniyasi ustiga kiritgan da'voda yutib chiqqanligini e'lon qilgan edi. Shundan so‘ng Janubiy Koreyaning ushbu kompaniyasi o‘z mahsulotlari —Galaxy S2 va Note 2 qurilmalaridan bahsli ilovani olib tashlashga majbur bo‘lgan edi.

Top