21:57 / 03.12.2015
5473

98 yoshli juftlik o‘z nikoh to‘ylari suratlarini qayta tasvirlantirishdi

Xitoyning Chuntsin shahrida er-xotinlar Tsao Yuexua va Van Dei oradan 70 yil o‘tib, o‘z nikoh to‘ylarining suratini qayta tasvirlashdi. Juftlik 1945 yilning 24 noyabr kuni oila qurishgan, mamlakatning janubi-g‘arbidagi xiyobonga yo‘l oldi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, 98 yashar juftlik 1943 yilda universitet balida tanishib qolgan. Qayta suratga olish ishlarida ularga farzandlari ko‘maklashdi. To‘rt nafar farzandlari orasidan eng yoshi bo‘lmish 60 yashar Tsao Panpey ota-onasiga to‘y liboslari, gullar va bayram tashkiliy ishlarida bosh-qosh bo‘ldi.

“Ular uzoq birga bo‘lishdi, ammo shunga qaramay muhabbatlari bir lahza so‘ngani yo‘q. Madaniy inqilob davrida otam frontga yo‘l oldi. Qiyinchiliklarga qaramay, ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelishdi. Yoshlari tufayli ular hayotlaridagi ko‘p narsalarni eslay olishmaydi, ammo urush vaqtida bir-birlariga yozgan she'rlarini bizga o‘qib berishadi”, — dedi Panpey.

Top