23:20 / 03.12.2015
6989

Barak Obama: IShID faqat undan qo‘rqishsagina g‘alaba qozonishi mumkin

AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida IShID terrorchilik tashkilotini AQSh uchun favqulodda xavf, deb hisoblamasligini aytib o‘tdi.

“IShID bizning hayotimizga tahdid qila olmaydi. Bu xuddi “Al Qoida” singari xavfli tashkilot. Biroq biz mudofaamizni qattiq himoya etamiz. Vatanimiz ilgari bu darajada qattiq himoya qilinmagan”, — dedi u.

Davlat rahbari IShID faqat undan qo‘rqqandagina g‘alaba qozonishi mumkinligini ham ta'kidlab o‘tdi. “Men ko‘p bor takrorlaganman: IShID biz unga qo‘rquv bilan javob bersak, yashash tarzimizni o‘zgartirsak va qadriyatlarimizni unutsakkina g‘alaba qozonishi mumkin”.

Obama AQSh bir necha teraktlarning oldi olinganligini ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga u “xavfning hayotiy ekanligi, ammo doim ogoh bo‘lish lozim”ligini qo‘shimcha qildi.

Top