07:14 / 03.12.2015
4607

Dovudo‘g‘li Rossiyaning ayblovlarini inkor qilishda davom etmoqda

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Rossiya tomonining Turkiyani IShIDdan neft sotib olishda ayblashlarini inkor qilishda davom etdi.

"Rossiya tomonining bu aybloviga izoh berishning o‘zi aqldan emas", deydi u.

U shuningdek, Rossiyani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun harakat qilishga chaqirgan.

Bundan oldinroq, Dovudo‘g‘li Rossiya Su-24 voqeasi tufayli iqtisodiy sanksiyalar joriy qilib, xalqaro savdo qonunlarini buzganini iddao qilgandi.

Turkiya va Rossiya munosabatlari 24 noyabr kuni ruslarning Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiya-Suriya chegarasi hududida urib tushirilganidan so‘ng yomonlashdi. Turkiya bu samolyotni o‘z havo kengliklarini buzib o‘tgani uchun urib tushirganini ma'lum qilgan. Rossiya tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.

Shundan so‘ng, Rossiya prezidenti buni "orqadan qilingan hujum" sifatida baholagan.

Vladimir Putin 28 noyabr kuni Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi.

Top