00:49 / 03.12.2015
2416

Finlyandiya televideniyesi migrantlar sababli yangiliklarni soddalashtirilgan fin tilida efirga uzatadi

Finlyandiyaning Yle teleradiouzatish kompaniyasi televizion yangliliklarni sodda fin tilida uzatilishini ma'lum qildi, deb xabar berdi Yle.

Ma'lum qilinishicha, ushbu formatdagi yangiliklar soni 7 dekabr kuni efirga uzatiladi.

Ta'kidlanishicha, bundan avval soddalashtirishgan fin tilidagi yangiliklar radioda va internetda uzatilgan. Kompaniya bu turdagi yangiliklarni 1992 yildan chiqarishni boshlagan.

Yle kompaniyasining yangiliklar va tahliliy ko‘rsatuvlar bo‘limi boshlig‘i Petri Yauxiaynenning aytishicha, sodda fin tilidagi yangiliklar berish – xorijliklarni fin jamiyatiga qo‘shishning usullaridan biridir. Uning ta'kidlashicha, agar xorijliklar fin tilini tezroq egallasa, bundan hamma foyda ko‘radi.

Top