21:47 / 03.12.2015
3894

Mehnat vazirligi: Bu yilgi “Xalqaro nogironlar kuni”ning avvalgilaridan farqi katta

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi binosida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Axborot xizmati xabar qildi.

Davlat Konservatoriyasi binosida o‘tkaziladigan tadbirga taklif qilingan nogironlarga, shuningdek, Saxovat va Muruvvat uylarida istiqomat qilayotgan qariyalar va nogironlar, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan nogironlar jamiyatlariga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Nuroniy, Mahalla jamg‘armalari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armalari tomonidan, turli xildagi sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Shu bilan birgalikda, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni arafasida “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tomonidan xadya etilgan oziq-ovqat paketlari Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan, nogiron bolalarni tarbiyalayotgan oilalar, yotib qolgan yolg‘izlar va kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan nogironlarning uylariga olib borib berildi, ularning holidan xabar olindi.

Joriy “Keksalarni e'zozlash yili”dagi ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda har yilgidan farqli o‘laroq, mahalliy hokimiyatlar, idora va muassasalar, nodavlat jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarining faol ishtirokida keng ko‘lamda o‘tkazish, joylarda o‘tkaziladigan insonparvarlik (gumanitar) aksiyalarda nogironlarni imkon qadar kengroq qamrab olish ko‘zda tutilmoqda.

Top