10:49 / 03.12.2015
2162

Nursulton Nazarboyev Niderlandiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Niderlandlar Qirolligi bosh vaziri Mark Ryutte bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Uchrashuv jarayonida savdo-iqtisodiy, neft-gaz, qishloq xo‘jaligi, transport va kosmik sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar xalqaro kun tartibidagi muhim maalalar yuzasidan ham o‘z fikr va mulohazalarini almashishdi.

Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya mamlakatga sarmoya kiritish hajmi bo‘yicha Yevropa Ittifoqida eng birinchi o‘rinda turadi.

Top