20:33 / 03.12.2015
5321

Obama Iroqqa yuborilgan harbiylar IShIDni batamom yo‘q etish uchun tuzilganini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama 200 harbiyning Iroqqa maxsus topshiriq bilan jo‘natilgani borasida sharh berdi.

Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida maxsus askarlar IShID terrorchilik harakatining jangarilarini batamom yo‘q etish uchun yuborilayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga AQSh prezidenti harbiylar Iroqdagi ssenariyni qayta takrorlanmasligini va'da bergan.

“IShID terrorchilik tashkilotini butunlay yo‘q etish maqsadida ushbu harbiy komponent tashkil etildi”, — dedi Obama.

Top