08:51 / 03.12.2015
2018

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTning elektron savdo masalalari bo‘yicha Maxsus ishchi guruhi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 1-2 dekabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlarning elektron savdo masalalari bo‘yicha Maxsus ishchi guruhining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda ShHT rasmiy saytida xabar qilindi.

Majlis Pekin shahridagi ShHT Kotibiyati bazasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tomonlar mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning veb-sahifasi faoliyatini muhokama qilishdi, ShHT doirasida elektron savdo sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda Maxsus ishchi guruhining 2016 yildagi faoliyat rejasini ishlab chiqishdi.

Top