15:35 / 03.12.2015
21636

Putin Rossiyaga xavf solayotgan asosiy kuchning nomini keltirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashiga murojaati chog‘ida mamlakatga eng katta tahdid solayotgan kuch Suriyadagi jangarilari ekanligini, ular orasida RF va MDH davlatlari vakillarining ko‘pligini ta'kidladi. Uning murojaati “Rossiya 24” telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.

“Ular pul va qurol olmoqda, kuch to‘plamoqda, agarda ular u yerda g‘alaba qozonsa, bizlarga ham kelishadi, qo‘rquv va nafrat keltirib chiqarishga, portlatish, o‘ldirish, odamlarni qiynashga”, - dedi u.

“Biz ularni kutib olishimiz va sarhadlardayoq yo‘q qilishimiz lozim”, - qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.

Top