15:57 / 03.12.2015
4407

Qo‘qonda bolasini 2 ming dollarga sotib yuborishga harakat qilgan ayol qo‘lga olindi

Qo‘qonda bolasini 2 ming dollarga sotib yuborishga harakat qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi Malika Daminova rejalashtirilmagan homiladorlik natijasida qizaloq ko‘rgan. Ammo farzand uning rejalariga va “biznes”iga xalaqit berishini o‘ylab, 70 yoshli onasi Hanifa Daminovaga maslahat solgan. Ona-bola kelishib, qizaloqni sotib yuborishga qaror qilishgan.

Birinchi safar nomi keltirilmagan bir ayol bilan 1.5 ming dollarga kelishuv amalga oshirilgan. Ammo u ayol noqonuniy ishdan qo‘rqib, oxirgi damda fikridan qaytib qolgan. U keyinroq tegishli idoralarga bo‘lgan voqealarni xabar qilgan. Militsiya Daminovalar ustidan nazorat o‘rnatgan.

Keyingi safar Hanifa Daminova boshqa bir “mijoz” topib, 2 ming dollarga qizaloqni sotishga kelishib olgan. Ammo ular jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Sud ona-bolaga tegishli jazoni tayinladi.

Top