15:01 / 03.12.2015
2800

Rossiya va Qirg‘iziston neft va gaz yetkazmalarida hisob-kitoblarni rublda amalga oshirish haqida kelishib oldi

Rossiya va Qirg‘iziston neft mahsulotlari va gaz yetkazmalarida hisob-kitoblarni rublda amalga oshirish haqida kelishib oldi. Bu haqda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev xabar berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, tomonlar davlat organlariga markaziy banklarga murojaat qilib, rublga o‘tish masalasini ishlab chiqishni topshirgan. Kelajakda o‘rmon, qurilish materiallari va metall konstruksiyalar importida ham hisob-kitoblarni Rossiya rublida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, hukumatlar o‘rtasida neft mahsulotlari yetkazmalari bo‘yicha yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top