17:50 / 03.12.2015
4379

Samsung kompaniyasi Galaxy A oilasidagi smartfonlarning yangilangan versiyasini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Galaxy A oilasidagi smartfonlarning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangilangan smartfonlar avvalgi versiyadagi dizayn ko‘rinishida bo‘lib, ularga barmoq izi skaneri qo‘shilgan.

Galaxy A3’ga 1,5 GGts taktli chastotada ishlaydigan 4 yadroli protsessor, 2300 mA/soat quvvatli akkumulyator hamda 1,5 GB tezkor xotira o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy A5 smartfoni esa 2 GB tezkor xotira, 2900 mA/soat quvvatli akkumulyator va 1,6 GGts taktli chastotada ishlaydigan 8 yadroli protsessorga ega.

Eng katta smartfon bo‘lgan Galaxy A7’ga 3 GB tezkor xotira o‘rnatilgan. Bundan tashqari u 3300 mA/soat quvvatli akkumulyator va 1,6 GGts taktli chastotada ishlaydigan 8 yadroli protsessorga ega.

Barcha yangi smartfonlar Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi va ularga 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfonlar 13 Mpli asosiy hamda 5 Mpli old kamera bilan jihozlangan. 

Top