07:40 / 03.12.2015
11326

Sergey Lavrov: Rossiya Turkiya IShIDdan neft sotib olishi haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishga tayyor

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta'kidlashicha, Moskva BMT va barcha manfaatdor tashkilotlarga Turkiya IShIDdan neft sotib olayotgani haqidagi ma'lumotlarni rasman taqdim qilishi mumkin.

Lavrov bu haqda Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Turkiya IShID jangarilaridan neft sotib olishga aloqasi borligi haqida isbotlarga ega emasligi aytilgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning oilasi terrorchilardan neft sotib olishga aloqadorligini aytgan.

Top