21:28 / 03.12.2015
7083

Sochi aeroportida IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan markaziy osiyoliklar qo‘lga olindi

Sochi aeroportida Suriyaga Turkiya orqali o‘tib, IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Markaziy Osiyo vakillari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha chegara boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

“Xorijliklar Sochi-Istambul aviareysiga yo‘lovachilarni qayd qilish paytida Federal xavfsizlik xizmati xodimlarining nazorati ostiga tushdi. Rossiyada man qilingan terrorchilik guruhi tomonidan jangovor harakatlarni oshirish uchun ketayotgan shaxslarning tashqi alomatlariga to‘g‘ri kelgan yosh yigitlar pasport nazoratida mexanik nosozliklarga ega hujjatlarni taqdim qilishgan”, deb aytilmoqda xabarda.

Ayni paytda Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolarining Rossiya hududiga o‘tishining barcha tafsilotlari va qonuniyligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top