21:52 / 03.12.2015
8685

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Rossiya gazi o‘rniga tezak yoqish taklifini bildirgan turkiyalikni maqtadi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush Turkiya fuqarolaridan birining Rossiya gazi o‘rniga tezak yoqish g‘oyasini maqtadi, biroq mamlakat bungacha yetib bormasligiga umid bildirdi.

Ayni paytda Rossiya Turkiyaga eng yirik gaz yetkazib beruvchi davlatlardan biri hisoblanadi. Biroq 24 noyabrda Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilgandan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning bu qilmishini terrorchilar sherigi tomonidan “orqaga sanchilgan zarba” deb atadi va Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash haqidagi farmonni imzoladi.   

“Erzurumda yashovchi bir fuqaromiz Rossiyaning harakatlariga javoban Rossiya gazidan voz kechib, tezakdan energiya olishga o‘tishni taklif qildi. Bu ajoyib fuqaromizning ajoyib javobidir. Hozirgi vaziyatda tezak ramziy va kinoyali ma'noga ega. Biroq bu shuningdek bizning qahramona xalqimizning qiyinchiliklarga bardoshligi va tayyorligining muhim o‘rnagidir. Biroq, ishonchim komilki, bunga hojat bo‘lmaydi”, deb aytdi Kurtulmush.     

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak 3 dekabrda “Turk oqimi” bo‘yicha Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi hukumatlararo muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘xtatilganini sababli to‘xtatilishini ma'lum qildi.

Top