08:57 / 04.12.2015
2924

AQShda “Tolibon”da ishtirok etgan rossiyalik umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Rossiya fuqarosi Irek Xamidullin AQSh sudi tomonidan “Tolibon” harakati safida Afg‘onistonda amerikalik harbiylarga hujum qilgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“55 yoshli Rossiya fuqarosi va Rossiya armiyasi tank ekipajining sobiq sardori Irek Ilgiz Xamidullin AQSh vertolyotlarini urib tushirish hamda amerikalik va afg‘on askarlarini o‘ldirishda ishtirok etgani, ommaviy qirg‘in qurolini ishlatish maqsadida til biriktirgani uchun bugun umrbod va yana qo‘shimcha 30 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi”, deyilmoqda xabarda.
Ta'kidlanishicha, afg‘on qo‘shinlari bazasiga hujum 2009 yil noyabrda sodir etilgan. Bazaga hujum qilgan toliblardan faqatgina Xamidullin tirik qolgan.

Top