18:44 / 04.12.2015
2863

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi "KPR" bosh murabbiyi etib tayinlandi

"Chelsi" jamoasining sobiq hujumchisi Jimmi-Floyd Xasselbaynk "KPR" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O‘tgan mavsum yakunida APLda oxirgi o‘rinni egallab, chempionshipga tushib ketgan "KPR" ayni paytda turnir jadvalida 11-o‘rinda joylashgan.

Klubni boshqargan Kris Remsi qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgandi. Endilikda bungacha "Berton" jamoasida faoliyat ko‘rsatib kelgan Xasselbaynk uning o‘rnini egalladi.

Gollandiyalik ushbu mutaxassis jamoa bilan yana kuchlilar safiga qaytish uchun kurashishini bildirdi.

"Hozirdan his qilmoqdamanki, endi "KPR" yuqorilay boshlaydi. Menda shunday ajoyib hissiyot bor", deydi u.

Ma'lumot uchun, 43 yoshga chiqqan bu mutaxassis futbolchilik faoliyatining yorqin damlarini "Liverpul" va "Chelsi"da o‘tkazgan. U 2004 yilda "Chelsi"dan ketgach, 2006 yilgacha "Midlsbro"da, keyingi yilda esa "Charlton"da o‘ynadi va shundan so‘ng faoliyatini yakunladi.

Top