09:35 / 04.12.2015
5688

Maskerano soliq to‘lamagani uchun shartli ravishda 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sud «Barselona» jamoasi himoyachisi Xaver Maskeranoning Ispaniya soliq organiga 816 ming yevro miqdorida jarima to‘lashi bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda Cadena Ser xabar tarqatgan.

Xabarda yozilishicha, futbolchi daromadni yashirish va soliq to‘lashdan bosh tortishda ayblangan.

U so‘nggi 2 yil davomida Ispaniya qonunchiligini buzganini tan oldi. Tergovchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Maskerano 2011 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida hokimiyatdan o‘zining obrazidan foydalanish huquqini sotishdan tushgan daromadini yashirgan va taxminan 1,5 mln yevro miqdorida soliqlarni to‘lamagan.

Argentinalik futbolchi birinchi qonunbuzarlik (daromadni yashirish) uchun 40 foiz, ikkinchisi (soliq to‘lashdan bosh tortish) uchun 60 foiz miqdorida jarima to‘laydi. Bundan tashqari, Xaver taxminan 1,5 mln yevro miqdorida yashirilgan soliqlarni to‘lab beradi.

Tomonlar kelishuvga erishishganiga qaramasdan, Maskeranoga shartli ravishda 12 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Top