10:44 / 04.12.2015
4066

Messining Instagram`dagi obunachilari soni 30 milliondan oshdi

"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messining Instagram tarmog‘idagi obunachilari soni 30 millionlik dovondan o‘tdi.

Futbolchining o‘zi sahifasida bu haqda ma'lum qilgan va o‘z muxlislariga minnatdorchilik bildirgan.

"Men barcha 30 mln do‘stimga birgaligimiz uchun minnatdorchilik izhor qilaman. Bu suratda men ilk bor "Barselona" safida tushgan o‘yinimda kiygan formam. Tasodifni qarangki, unda ham 30 raqami. Umid qilamanki, surat sizlarga yoqadi. Barchangizni quchib qolaman", deb yozdi Messi surat ostiga.

Top