19:40 / 04.12.2015
5904

Misrda tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in tasvirlangan video e'lon qilindi

Tarmoqda Misr poytaxtidagi Al-Giza tumanida joylashgan tungi klubda ro‘y bergan yong‘in aks etgan video paydo bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Al-Nil ko‘chasida HShahrizod” mehmonxonasiga tutash tungi klub binosiga noma'lum shaxs tomonidan ichiga yonilg‘i to‘ldirilgan shisha uloqtirishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Vafot etgan va jarohatlanganlarning barchasi mahalliy aholi vakillari bo‘lib, ular ushbu klubda mehnatqilishgan.

Top