00:10 / 04.12.2015
18508

Putin: Su-24 urib tushirilgan joyda rossiyaliklar jangarilar tomonga o‘tib, jang qilmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga davlat mukofotlari topshirish marosimida Su-24 samolyoti urib tushirilgan Suriya viloyatida Rossiyadan borganlar terrorchilar tomoniga o‘tib, jang qilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Bugun, to‘g‘rirog‘i, hozirgina bizning samolyot urib tushirilgan va harbiy o‘rtog‘imiz halok bo‘lgani borasidagi materiallarni ko‘zdan kechirdim. U yerda biznikilar — Kavkazdan borganlar jang qilmoqda. Ular u yerda, ular uchun ishlamoqda. Ularning o‘zi olgan va hech qayerga joylashtirishmagan videolavhalarni ko‘rdim. Bu internet tarmog‘idagi lavhalar emas”, — dedi Putin.

Top